55110 Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar — Qimmatli qog‘ozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirayotgan operatsiyalarda (qimmatli qog‘ozlarni sotishda vositachilik, brokerlik mukofotlari va b.q.) vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida vositachilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |