55106 Boshqa banklarga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |