55100 Foizsiz xarajatlar
55102 O‘zRMBga to‘lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMB tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMB ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |