22610 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadigan pensiya va nafaqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ijtimoiy ta’minot organlarining pensiya va nafaqalarni “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lash uchun belgilangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqniig debetida pensiya va nafaqalarni to‘lash uchun “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalariga chek bo‘yicha naqd pul ko‘rinishida berilgan mablag‘lar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob “O‘zbekiston pochtasi” OAJning har bir tarkibiy bo‘linmasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.