22617 Pensionyerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: pensionyerlarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlar belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi va uning bo‘linmalari reyestrlari asosida ochiladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir pensioner bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |