22500 Hisoblangan soliqlar
22502 Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan daromad (foyda) soliqlari (daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va qonunchilikka muvofiq ravishda boshqa shu kabi soliqlar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan joriy daromad (foyda) soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan daromad (foyda) soliqlari summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan daromad (foyda) soliqlari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |