Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan berilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing bo‘yicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz so‘ndirilganda kelib tushgan pul mablag‘lari, shuningdek 15617 — “Muddati o‘tgan lizing” va 15619 — “Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing” hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.