90971 Eksport shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlari bilan tuzilgan eksport shartnomalari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96318 — “Eksport shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida eksport shartnomasining umumiy summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushbu shartnoma bo‘yicha korxonaning hisobvarag‘iga haqiqatda kelib tushgan tushumlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir eksport shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |