90969 Barter shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank mijozlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan kontragentlari bilan o‘zaro tovar yetkazib berishlik asosida tuzgan barter shartnomalarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96317 — “Barter shartnomalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq dir.
Hisobvaraqning debetida barter shartnomasining umumiy summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qilingan tovar va amalga oshirilgan majburiy sotish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir barter shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |