90962 To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi (Kartoteka №1). Ushbu hisobvaraq uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida to‘lov muddatini va/yoki to‘lovchining akseptlashini (roziligini) kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lov muddati kelgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |