45994 Boshqa foizsiz daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlariga mos tushmaydigan foizsiz daromadlari (jarima, penya va boshqalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, ishlab topilgan foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |