45901 Bank asosiy vositalarining ijarasi bo‘yicha daromadlar
45905 Bankning ko‘chmas mulkka qilingan investitsmyalari bo‘yicha daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalar obyektini ijaraga berishdan va ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyadan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.