45809 Investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha olingan dividendlar
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha hisoblangan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan hisoblangan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan dividendlar qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |