45253 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar -Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy to‘lovlar (xalqaro pul o‘tkazmalari, xorijiy trattalar, yul cheklari va boshqalar)ni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida xorijiy to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |