45249 To‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy to‘lovlar (mahalliy trattalar, cheklar va boshqalar)ni amalga oshirishda mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan bankning olgan vositachilik daromadlari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida mahalliy to‘lovlar bo‘yicha ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |