45229 Overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga overdraft berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |