22620 Korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartochkaga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida plastik kartochkadan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22622 Yuridik shaxslar o‘z vakolatxonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslar tomonidan vakolatxona va filiallari ta’minoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) qoplash uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritiladi. Filiallar faqat yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘i bo‘yicha qarzdorligi (2-sonli kartoteka) bo‘lmagan holda o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning kreditida yuqori tashkilotning hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
(III-bo‘lim 22622-hisobvarag‘ining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning debetida vakolatxonalar va filiallar tomonidan joriy xarajatlarni (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlarni to‘lash uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
22624 Ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotadigan yuridik shaxslarning maqsadli mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning “Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik nizom (ro‘yxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul)ga muvofiq, ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotishdan kelib tushgan maqsadli mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida tovar (mahsulot)larning sotishdan kelib tushgan naqd pul tushumining, shuningdek, plastik kartochkalar vositasidag‘i to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz va tovar(mahsulot)larning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |