21014 Plastik kartalardan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning plastik kartalaridan boshqa banklar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning plastik kartalaridan boshqa banklar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha to‘lash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning plastik kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklarga qoplab berilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.