21406 To‘lanmagan akseptlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksellar/trattalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 11705 — “Mijozlarning akseptlari bo‘yicha majburiyatlari — Xorijiy” hisobvarag‘iga kontrhisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida berilgan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida to‘langan veksellar/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellar/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |