20618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaligining qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |