16901 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Forvard shartnomalari
Hisobvaraqning ta’rifi: forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobga olinadi. (Forvard bitimi — bu kelishuv bo‘yicha kelajaqda aniq sanada moliyaviy instrumentni qat’iy belgilangan kurs bo‘yicha sotish va sotib olish shartnomasidir).
Hisobvaraqning debetida forvard bitimlari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida forvard bitimlari bo‘yicha so‘ndirilgan (to‘langan) va/yoki mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tgunga qadar ushbu bitimlar bo‘yicha hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir forvard bitimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.