16707 Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan bankning boshqa mulklari
Hisobvaraqning ta’rifi: bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan bank boshqa xususiy mulkining hisobi.
Hisobvaraqning debetida 16701 — “Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”, 16703 — “Kredit va lizing bo‘yicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar mulki”, 16705 — “Bankning boshqa mulklari” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan mulkning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank boshqa xususiy mulkining to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir obyekt (mulk) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |