16909 Revalvatsiya natijasida o‘zlashtirilmagan foyda — Fyucherslar
Hisobvaraqning ta’rifi: fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtirilmagan foyda hisobi olib boriladi. (Fyuchers — bu moliyaviy instrumentni kelajakda yetkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish bo‘yicha standartlashtirilgan shartnomadir).
Hisobvaraqning debetida fyuchers shartnomalari bo‘yicha o‘zlashtarilmagan foyda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnomalar so‘ndirilganda va/yoki fyuchers shartnomalari bo‘yicha mazkur pozitsiya ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar hisobdan chiqarilgan o‘zlashtirilmagan foyda summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fyuchers shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqqlarda olib boriladi.