3-bob. Kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari
26. Bank tomonidan kredit berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 11900 — 15500 (tegishli ssuda hisobvarag‘i);
Kt 10301
|
“O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” (agar mablag‘ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatilsa) yoki
|
Kt 202XX
|
Mablag‘ oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i (agar mablag‘ oluvchiga mazkur bankda xizmat ko‘rsatilsa) yoki
|
Kt 10101
|
“Aylanma kassadagi naqd pullar” (kredit naqd pulda berilganda).
|
27. Banklar tomonidan yuqoridagi xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 202XX
|
Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i;
|
Kt 22896
|
“Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”.
|
28. Bank ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi:
Dt 56802
|
“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Kreditlar”;
|
Kt XXX99
|
Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi — Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr — aktiv).
|
29. Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zaxiralari talablardan oshsa, bank zaxira summasini oxirgi sana holati bo‘yicha
aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt XXX99
|
“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr — aktiv)”;
|
Kt 56802
|
“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Kreditlar” (hisobot yilida shakllantirilgan zaxiralar bo‘yicha) yoki
|
Kt 45994
|
“Boshqa foizsiz daromadlar” (oldingi hisobot yillarida shakllantirilgan zaxiralar bo‘yicha).
|
30. Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt 202XX
|
Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i;
|
Kt
|
Ssuda hisobvarag‘i.
|
Agar kredit kafolat beruvchi (kafil)
tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 202XX
|
Kafolat beruvchi (kafil)ning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i yoki
|
Dt 10301
|
“O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” (agar mablag‘ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);
|
Kt
|
Ssuda hisobvarag‘i.
|
Kreditlar naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101
|
“Aylanma kassadagi naqd pullar”;
|
Kt
|
Ssuda hisobvarag‘i.
|
31. Agar kreditga foiz o‘stirmaslik maqomi berilmagan bo‘lsa, unda kreditlar bo‘yicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali aks ettiriladi:
Dt 202XX
|
Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i;
|
Kt 16309
|
“Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.
|
32. Qarzdor tomonidan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmaganda, ularni shakllantirilgan zaxira hisobidan hisobdan chiqarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt XXX99
|
Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv);
|
Kt
|
Ssuda hisobvarag‘i.
|
33. Garov bilan ta’minlangan kredit qarzdor tomonidan qaytarilmasa yoki to‘liq
qaytarilmagan holda, bank kreditni qaytarish uchun undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Undiruvga qaratilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish kim-oshdi savdosi orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” hisobvarag‘i debetlanadi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i kreditlanadi.
Kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni so‘ndirish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Dt 29801
|
“Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
|
Kt
|
Ssuda hisobvarag‘i;
|
b) Asosiy qarz to‘liq
qaytarilgandan keyin, foizlar so‘ndirilganda:
Dt 29801
|
“Mijozlar bilan hisob-kitoblar”;
|
Kt 4XXXX
|
Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar.
|
34. Kredit garovga olingan mol-mulkni o‘z egaligiga olish yo‘li bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymati va garovga qo‘yilgan mol-mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri kam bo‘lsa, o‘sha qiymat bo‘yicha, uni sotish bo‘yicha qilingan
xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10 foiz kam bo‘lmagan summada quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16701
|
“Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”;
|
Kt
|
Ssuda hisobvarag‘i.
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-son qaroriga
2-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 369-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 31-dekabrdagi 28/9-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-18, 2005-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 2-son, 17-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 25-iyundagi 14/4-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-19, 2005-yil 20-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 219-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 20-avgustdagi 18/7-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalterlik hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-20, 2005-yil 17-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 290-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 11-martdagi 7/6-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-21, 2006-yil 17-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 99-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 15-iyundagi 13/7-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-22, 2006-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 300-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 9-martdagi 8/4-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-23, 2007-yil 31-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 147-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 30-iyundagi 18/4-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-24, 2007-yil 28-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 31-32-son, 325-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 1-martdagi 6/3-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-25, 2008-yil 18-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 12-13-son, 75-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 13-dekabrdagi 28/3-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-26, 2009-yil 19-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 4-son, 30-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 16-maydagi 15/1-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-27, 2009-yil 11-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 24-son, 278-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 10-apreldagi 14/1-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-28, 2010-yil 17-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 20-son, 156-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 11-dekabrdagi 40/5-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-29, 2011-yil 17-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 3-son, 27-modda).
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/3-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-30, 2013-yil 25-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 4-son, 51-modda).
15. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 27-iyuldagi 14/10-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-31, 2013-yil 21-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 34-son, 460-modda).
16. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 18-martdagi 6/4-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-32, 2017-yil 4-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 239-modda).
17. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 5-iyundagi 11/1-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-33, 2017-yil 14-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 509-modda).
18. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 12-avgustdagi 19/3-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-34, 2017-yil 25-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 34-son, 912-modda).
19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 7-oktabrdagi 27/7-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-35, 2017-yil 15-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 15.11.2018-y., 10/17/773-35/0260-son).
20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/7-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-36, 2017-yil 27-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2017-y., 10/17/773-36/0468-son).
21. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-son “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 2018-yil 15-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son).
22. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2002-yil 12-oktabrdagi 23/8-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1199, 2003-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son).
23. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/7-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1199-1, 2010-yil 15-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 46-son, 420-modda).
24. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 20-sentabrdagi 32/2-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1199-2, 2014-yil 30-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 40-son, 502-modda).
25. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 27-noyabrdagi 25/8-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1434, 2004-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 50-son, 510-modda; 2010-y., 46-son, 422-modda).
26. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/6-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1434-1, 2010-yil 15-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 46-son, 422-modda).
27. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 27-noyabrdagi 25/9-son “Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1435, 2004-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 50-son, 511-modda).
28. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 10-oktabrdagi 29/3-son “Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1435-1, 2015-yil 20-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 42-son, 544-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 10/21/3336/1101-son)