10817 Yevroobligatsiyalar Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan yevroobligatsiyalar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalarning turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10821 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan ulushli qimmatli qog‘ozlar hamda korxona (tashkilotlar) ustav fondiga qilingan investitsiyalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida korxonalarning sotib olingan ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari qo‘shib hisoblangandagi sotib olish qiymati hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxonalar (tashkilotlar) ulushli qimmatli qog‘ozlarining sotib olish qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxonalar(tashkilotlar)ning chiqargan ulushli qimmatli qog‘ozlari turi va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10823 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining xarid qilingan va sotishga mo‘ljallanganlari sifatida tasniflangan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa obligatsiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.