10805 Davlat obligatsiyalari Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan hukumat tomonidan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari(uzoq muddatli)ning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlarining hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina qarz qimmatli qog‘ozlari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10809 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan O‘zRMBining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqda o‘tkazilgan O‘zRMB obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan O‘zRMB obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar sifatida tasniflangan korxonalar (tashkilotlar) qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan korxonalar qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxonalar (tashkilotlar) qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha, alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.