56800 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash 56802 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Kreditlar 56803 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Investitsion kreditlar 56804 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa banklardan olinadigan hisobvaraqlar 56806 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar 56808 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar 56810 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar 56814 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring 56818 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sotib olingan veksellar 56822 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar 56824 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — REPO bitimlari 56826 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar 56828 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar 56830 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Asosiy vositalar 56832 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Nomoddiy aktivlar 56834 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Bankning boshqa xususiy mulklari 56838 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Lizing (moliyaviy ijara) 56840 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar 56842 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Sud jarayonidagi kredit va lizing 56895 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash — Boshqa aktivlar Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning aktivlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.