56900 Foyda solig‘ini baholash
56902 Foyda solig‘ini baholash
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan olingan foydaga hisoblangan soliqlar (foyda solig‘i, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga solingan soliq va shu kabi boshqa soliqlar) bo‘yicha bank xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida foyda solig‘i bo‘yicha hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarning qaytarilish summasi, shuningdek fiskal yil oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan summa aks ettiriladi.
90000 KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR
90100 To‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
90141 Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga muvofiq bank kassirlari tomonidan mijozlarning arizalari asosida ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning hisobi olib boriladi. Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar va tangalar nominal bo‘yicha, boshqa boyliklar esa “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90143 Ekspertizaga qabul qilingai yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning hisobi olib boriladi. Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar va tangalar nominal bo‘yicha, boshqa boyliklar esa “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalariga jo‘natilgan, ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning bosh ofisi/bosh hududiy boshqarmalari tomonidan ekspertizaga qabul qilingan, ekspertizaga qabul qilish tasdiqlanganidan so‘ng hisobdan chiqarilgan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |