12501 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12502 Aholining kam ta’minlangan qatlamlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12503 Jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali berilgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga plastik kartochakalar orqali berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya) larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12504 Jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun berilgan qisqa muddatli ipoteka kreditlari Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy sotib olish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan ipoteka kreditlari (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.