12399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv) Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12400 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar 12401 Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha budjet tashkilotlariga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12405 Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: budjet tashkilotlariga berilgan muddatida qaytarilmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12409 — “Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14801 — “Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14809 — “Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, budjet tashkilotlariga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan hamda qarzdorlar
tomonidan to‘langan qarz summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobi har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.