16535 Mebel, moslama va jihozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank faoliyati uchun sotib olingan mebellar, kompyuterlar, binolar uchun moslamalar, ofis uchun va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mebel, moslama va jihozlarni sotib olish, olib kelish, o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan hoddagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va uskunalarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16539 Yig‘ilgan eskirish summasi — Mebel, moslama va boshqa jihozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida mebel, moslama va jihozlarning eskirishni baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayottan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16541 To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari bo‘lmish bankomat, terminal, server va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xarid qilish, yetkazib berish va o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi xarid qilish qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan uskunalarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |