16413 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan boshqa foizsiz daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz daromadlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy xizmat haqi va vositachilik turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlar (kontr-aktiv) Hisobvaraqning ta’rifi: olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizsiz daromadlarning undirib olinmasligi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxiraning baholash summasi va/yoki uning o‘sish summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aktivlarning turi bo‘yicha tashkil etilgan zaxiralar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16500 Asosiy vositalar 16501 Yer Hisobvaraqning ta’rifi: foydalanish huquqi bilan sotib olingan yer qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yerning yer kadastri ma’lumotlariga ko‘ra qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yer maydoni (uchastkasi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16505 Tugallanmagan qurilishlar Hisobvaraqning ta’rifi: binolarni, inshootlarni qurish, jihozlarni o‘rnatish va boshqa asosiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar bilan birga barcha xarajatlar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish yoki qayta tiklash, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki rekonstruksiya qiymati, shuningdek qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zarar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.