1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]



Download 47,16 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi47,16 Kb.
#503876
Bog'liq
78 06.05.2006




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]

[TSZ:

1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA UNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 5-maydagi PF–3750-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 894-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 273-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 501-modda)
bankning tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit berish va mikrolizing bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini va qulayligini oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli siyosatini shakllantirish;
bank faoliyatini, shu jumladan kredit berish va mablag‘larni investitsiyalashning omonatchilar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan tizimi joriy etilishini va uning samarali faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish;
bankda korporativ boshqaruvning ahvolini va uning Boshqaruvi faoliyatini nazorat qilish;
bankka yuklangan vazifalarni va majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish uchun uning yetarli darajada kapitallashtirilishini va likvidligini ta’minlash;
samarali faoliyat ko‘rsatadigan, ayniqsa qishloq joylarda, filiallar va minibanklar tarmog‘ini shakllantirish.
3. “Mikrokreditbank” markaziy apparat tuzilmasida Mikrokreditlar qaytarilishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish bo‘yicha maxsus monitoring guruhi tashkil qilsin.
Quyidagilar Monitoring guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
mikrokredit mablag‘laridan foydalanish samaradorligini muntazam ravishda puxta tahlil qilish;
mintaqaviy bo‘limlarda mikromoliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, biznes-reja parametrlariga muvofiq kredit portfelining holati hamda mikrokreditlar bo‘yicha ta’minlanishning holati monitoringini olib borish va ularni xolisona baholash;
mikrokreditlarning qaytariluvchanlik darajasini oshirish, ular bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Mikrokreditbank”ning Kuzatuvchi kengash va Boshqaruvi:
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 273-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 501-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va bank faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun zarur hujjatlar paketini bir hafta muddatda tayyorlasinlar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsinlar;
bankka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi zaruriyatidan kelib chiqqan holda, o‘n kun muddatda bank va uning filiallari tuzilmasini hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
ikki oy muddatda bank xodimlarini to‘liq attestatsiyadan o‘tkazsinlar;
bankning markaziy apparatini hamda uning filiallarini bank bo‘limlarida va mikromoliyalash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-apreldagi 165–f-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki mol-mulki kompleks xatlovdan o‘tkazilganligi, uning filiallari va mini-banklarining asbob-anjomlar, hisoblash texnikasi va aloqa vositalari bilan ta’minlanishi o‘rganilganligi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda “Mikrokreditbank”ning, ayniqsa qishloq joylardagi filiallari va mini-banklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
7. O‘zbekiston Banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2006—2008-yillar mobaynida o‘qitish uchun to‘lov undirmasdan “Mikrokreditbank” mutaxassislari uchun mikromoliyalashtirish xizmatlari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilishini ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Banklar uyushmasi, “Mikrokreditbank”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, birinchi navbatda qishloq joylarda mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilar, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaligida band bo‘lganlar tomonidan mikrokreditlar olish uchun biznes-rejalar tayyorlash bo‘yicha doimiy asosda seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
9. “Mikrokreditbank” O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, Markaziy bank, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2006-2007-yillarda ommaviy axborot vositalarida bank faoliyatini va uning ko‘rsatadigan xizmatlarini keng yoritishga doir kompleks tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, ularda respublika ommaviy axborot vositalarida reklama materiallarining to‘lov undirmasdan e’lon qilinishini nazarda tutsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-may,
78-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 655-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 894-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
6-maydagi 78-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
nizom
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 273-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 501-modda)
1. Ushbu Nizom Fuqarolik kodeksiga, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF–3750-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi o‘rinlarda bank deb ataladi) tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga (keyingi o‘rinlarda tadbirkorlik subyektlari deb ataladi) mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kichik tadbirkorlikni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun sharoitlar yaratish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish orqali kam ta’minlangan oilalar daromadlarini oshirish, aholi keng qatlamlarining, jumladan qishloq joylardagilarning, moliyaviy resurslardan foydalanishini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlarini ko‘rsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish)ga, shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek, aylanma mablag‘larni to‘ldirishga beriladi.
(2-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 877-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshiga almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/877/2113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga biznesni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish) uchun, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan moliyaviy resurslar doirasida imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 877-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/877/2113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga (shu jumladan mikrofirmalarga, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xo‘jaliklariga — 24 oygacha muddat bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mikrolizing xizmatlari kichik tadbirkorlik subyektlariga — texnologik uskunalar va texnikalar sotib olish uchun 3 yilgacha muddat bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravarigacha miqdorda ko‘rsatiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
6. Mikrokreditlar va mikrolizing:
ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni to‘lashga;
tamakichilikni va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarishni tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
lotereyalar tashkil etishga berilmaydi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mikrokreditlar olish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan shartlar va talablar mikrolizing xizmatlari ko‘rsatishga ham tatbiq etiladi. Mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish xususiyatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 273-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 501-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Beriladigan mikrokreditlar va ko‘rsatiladigan mikrolizing xizmatlari bo‘yicha foiz stavkalari “Mikrokreditbank” ATB siyosatiga asosan belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 877-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/877/2113-son)
II. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish tartibi
8. “Mikrokreditbank”ka murojaat qilgan tadbirkorlar kredit olgungacha “Mikrokreditbank” tomonidan bepul tashkil etiladigan seminarlarga yuboriladi. Beriladigan mikrokreditlar va ko‘rsatiladigan lizing xizmatlari turlari va mexanizmlari, shuningdek biznes-reja tuzish bo‘yicha ikkita bazaviy seminarda qatnashish majburiy hisoblanadi.
9. Qarz oluvchilar mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
mikrokredit olish uchun buyurtmanoma;
biznes-reja, pul oqimlari prognozini albatta ko‘rsatgan holda;
mikrokreditning qaytarilishi ta’minlanishi bilan bog‘liq hujjatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘ldirilgan buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlari.
10. Taqdim etiladigan biznes-reja mikrokredit olish uchun buyurtmanoma berilgan sanadan ko‘pi bilan 60 kun oldin tuzilgan bo‘lishi kerak.
11. Kredit beruvchi bank xodimi kredit hujjatlarini olgach va ularning to‘liqligini tekshirgach buyurtmanomani maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkazadi, daftarga tartib raqami qo‘yiladi, ip o‘tkazib tikiladi, bank muassasasining rahbari va bosh buxgalteri imzolari hamda dumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Daftarda buyurtmanoma bergan mijozning nomi, buyurtmanoma berilgan sana, so‘ralayotgan mikrokredit miqdori, mikrokredit olishning maqsadi, uni ta’minlash turi ko‘rsatilishi kerak.
12. Buyurtmanoma ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin kredit beruvchi bank xodimi keyingi kundan kechikmay hujjatlar paketini ko‘rib chiqish uchun bank muassasasining kredit qo‘mitasiga beradi.
Kredit qo‘mitasi, shu jumladan joyiga borgan holda, qarz oluvchining kredit buyurtmanomasini va to‘lovga qodirligini, shuningdek, mikrokredit maqsadlarining faoliyat xarakteriga muvofiqligini o‘rganadi. Kredit paketini tahlil qilish, shuningdek, qarz oluvchining kredit tarixini va uning rahbari obro‘sini baholashga asoslanadi.
13. Kredit tarixini baholash bank tomonidan Markaziy bankning Kredit axboroti milliy institutidagi qarz oluvchi to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
14. Kredit qo‘mitasi buyurtmanomani ko‘rib chiqqandan keyin tegishli qaror chiqaradi, qaror kredit qo‘mitasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Mikrokredit berish to‘g‘risidagi ijobiy qaror kredit qo‘mitasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan ma’qullanishi kerak. Kredit qo‘mitasining ijobiy qarori asosida qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuziladi.
Ayni bir vaqtda kredit to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankning berilgan kreditlar to‘g‘risidagi o‘z ma’lumotlar bazasiga va Kredit axboroti milliy institutiga tushadi.
15. Kredit qo‘mitasi tomonidan salbiy qaror qabul qilingan taqdirda qarz oluvchi bu haqda rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Tadbirkorlik subyekti kredit qo‘mitasi qarori yuzasidan sudga belgilangan tartibda shikoyat bildirishga haqlidir.
16. Mikrokredit berish to‘g‘risidagi qaror kredit qo‘mitasi tomonidan bankka zarur hujjatlar ilova qilingan holda kredit buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
17. Tadbirkorlik subyekti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda yoxud hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lganda bank ko‘rsatilgan muddat mobaynida hujjatlarni aniq mulohazalar ro‘yxatini yozma shaklda bayon qilgan holda puxta ishlash uchun qaytarishga haqlidir.
III. Mikrokreditni ta’minlash
18. Mikrokreditlar ta’minlanish, shuningdek ishonch asosida beriladi.
19. Mulk garovi mikrokreditni ta’minlashning asosiy shakli bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday mulk, shu jumladan buyumlar va “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti bo‘lishi mumkin.
Qarz oluvchining o‘zi, shuningdek uchinchi shaxs ham garov qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.
20. Ko‘chmas mulk garovi to‘g‘risidagi shartnoma “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli tuman (shahar) xo‘jalik hisobidagi kadastr va ko‘chmas mulk xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli tuman (shahar) xo‘jalik hisobidagi kadastr va ko‘chmas mulk xizmatlari mansabdor shaxslari ko‘chmas mulk garovidan bo‘sh bo‘lmagan bitishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar, garov to‘g‘risidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan keyingi garovni nazarda tutuvchi garov to‘g‘risidagi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkaziladigan hollar bundan mustasno.
21. Beriladigan mikrokredit summasi garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatining 80 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Garov buyumlari — transport vositalari va ko‘chmas mulk obyektlari — yo‘qotish va ziyon yetkazilishi hodisalaridan qarz oluvchi hisobiga sug‘urta qilinishi kerak.
22. Yuqori likvidlikka ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar ham garov buyumi bo‘lishi mumkin. Garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar tegishli shartnoma bilan rasmiylashtiriladi va qarz to‘liq qaytarilgunga qadar saqlash uchun bankka o‘tkazilishi kerak.
23. Mikrokreditni ta’minlash uchun likvidli tovarlar, xorijiy valyuta va garov shaklida rasmiylashtiriladigan valyuta boyliklarining boshqa turlari qabul qilinishi mumkin.
24. Bank foydasiga rasmiylashtirilgan uchinchi shaxslarning kafilligidan qo‘shilgan foizlar hisobga olingan holda qarz summasi miqdorida mikrokreditni ta’minlash sifatida foydalanilishi mumkin. Faqat benuqson to‘lov qobiliyatli subyekt obro‘siga ega bo‘lgan yuridik shaxslar kafolat beruvchi bo‘lishi mumkin.
Kafillik kafolat beruvchining moliyaviy holati tahlili asosida bank tomonidan qabul qilinishi kerak. Budjet tashkilotlari kafolat beruvchi bo‘lishi mumkin emas.
Kafillik shartnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kafolat beruvchining bank hisob raqami holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
kafolat beruvchining boshqa banklardagi barcha hisob raqamlari to‘g‘risida ulardagi qoldiq ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
kafolat beruvchining xizmat ko‘rsatuvchi bankdan ssuda qarzi va boshqa qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Qarz oluvchi ssuda qarzdorligi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan taqdirda bank mablag‘larni kafolat beruvchining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamidan akseptsiz tartibda undirib olishga haqlidir.
25. Mikrokreditlar faqat qoniqarli kredit tarixiga ega bo‘lgan va oldin olingan uchta kreditni o‘z vaqtida to‘lagan qarz oluvchilarga ishonch asosida berilishi mumkin.
Kredit ishonch asosida berilganda bo‘lajak to‘lovlar bo‘yicha ta’minlash sifatida qarz oluvchilar tomonidan kredit qiymatining 20 foizigacha miqdordagi summada majburiy jamg‘ariladigan depozit joylashtiriladi, unga bank tomonidan foiz to‘lovlari qo‘shiladi.
IV. Mikrokreditni berish va qaytarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
26. Mikrokreditlar naqd pulsiz shaklda beriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 894-modda)
27. Mikrokreditlar tovar-moddiy boyliklar, xizmatlar va ishlar uchun to‘lov topshiriqnomalarini naqd pulsiz shaklda to‘lagan holda alohida ssuda hisob raqami ochish yoki bank kassasi orqali xarajat dalolatnomasi bo‘yicha naqd mablag‘ berish yo‘li bilan beriladi.
Ssuda hisob raqami, agar kredit shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, kredit shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida ochiladi.
28. Bank kredit summasidan va foiz stavkasidan kelib chiqib asosiy qarz va foizlarning bo‘lajak to‘lovlari summasini kreditning butun muddatiga teng to‘lovlarda hisoblab chiqadi.
V. Mikrokreditning holati monitoringi va undan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
29. Kredit shartnomasi shartlari bajarilishini ta’minlash, olingan mikrokreditdan qarz oluvchi samarali foydalanishi, mikrokreditdan foydalanishning butun muddati davomida uning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishi maqsadida bankning mas’ul xodimi tomonidan monitoring olib boriladi.
30. Bankning mas’ul xodimi biznes-reja parametrlariga hamda garovning holatiga muvofiq mikrokreditdan samarali va maqsadli foydalanilishini bir oyda kamida bir marta tekshiradi.
31. Monitoring davomida mas’ul xodim qarz oluvchi bilan uzluksiz aloqa o‘rnatadi, joyning o‘zida uning rejalari va niyatlarini o‘rganadi, shuningdek qarz oluvchining faoliyatidagi salbiy tendensiyalarni ilk bosqichida aniqlaydi.
Olib boriladigan monitoring natijalari qarz oluvchining maxsus shaxsiy hujjatlar to‘plamida tizimlashtiriladi.
32. “Mikrokreditbank”ning mintaqaviy filiallari berilgan mikrokreditlar, ta’minlash turlari, pul mablag‘lari harakati jadvallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda umumlashtiradilar va “Mikrokreditbank”ning mikrokreditlari qaytarilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borish guruhiga (keyingi o‘rinlarda matnda Monitoring guruhi deb yuritiladi) har oyda taqdim etadi.
Monitoring guruhi olingan ma’lumotlar asosida filiallar va minibanklar, shuningdek beriladigan mikrokreditlar turlari bo‘yicha kredit portfelining holatini puxta tahlil qiladi, qarzdorlik dinamikasini va mikrokredit mablag‘laridan samarali foydalanilishini o‘rganadi.
Zaruriyat bo‘lganda Monitoring guruhi biznes-reja parametrlariga muvofiq joyiga borib filiallarning kredit portfeli, mikrokreditlar bo‘yicha taqdim etilgan ta’minlashning holati xolisona baholanishini tashkil etadi, shuningdek berilgan kreditlar bo‘yicha qaytarishning amaldagi va prognoz darajasini baholaydi.
33. O‘tkazilgan monitoring va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha Monitoring guruhi bankning kredit qo‘mitasiga filiallar va minibanklar bo‘yicha kredit berish limitlarini belgilash, mavjud resurslardan samarali foydalanish, kredit portfeli tarkibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
Monitoring guruhi bank Boshqaruviga mikrokreditlarning qaytarilishi darajasini oshirish, ular bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek mansabdor shaxslarning javobgarligi yuzasidan aniq chora-tadbirlar to‘g‘risida muntazam ravishda takliflar kiritadi.
34. Bank oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan qarz oluvchiga nisbatan bank kredit shartnomasi shartlaridan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
agar qarz oluvchi bankning tavsiyalarini kelishilgan muddatlarda bajarmasa, unga sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan birga da’vo xati yuborish;
asosiy summa va kreditdan foydalanganlik uchun foizlar o‘z vaqtida to‘lanmagan, shuningdek kreditni kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarish istiqboli mavjud bo‘lmagan taqdirda kredit bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘ini muddatidan oldin, shu jumladan garovga qo‘yilgan mol-mulk va boshqa mol-mulk hisobiga undirib olish;
hisobga olish va buxgalteriya hisobi qoidalari qarz oluvchi tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda kredit berishni to‘xtatib qo‘yish hamda hisobga olish va hisobot buzilishining sabablari to‘g‘risida, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini bankka taqdim etgan holda, undan tushuntirish talab qilish.
35. Olingan mikrokreditlardan qarz oluvchilar tomonidan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda bank mikrokreditning boshqa maqsadda foydalanilgan qismini kredit shartnomasida belgilangan tartibda qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirib olish va kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima undirish huquqiga egadir.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 19-son, 163-modda; 2007-y., 33-34-son, 344-modda; 2008-y., 51-son, 501-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2017-y., 34-son, 894-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/877/2113-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)

Download 47,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish