Bog'liq 1-Маьруза 926c110d7d2f2f271da4f9b1feacca05
4. Turizm va mehmonxona xo’jaligida marketing turlari. Turizm sohasidagi marketing turli darajalarga ega. Ulardan qo’yidagilarni ko’rsatish mumkin:
turistik tashkilotlar marketingi (turoperatorlar va turagentlar) bu ushbu tashkilotlarning imkoniyatlari va iste’molchilar talablarini muvofiqlashtirish jarayonidir. Uning natijasida turistlarga ularning ehtiyojlarini qondiruvchi hizmatlar taklif etiladi, tashkilot esa mijozlar talablarini yanada yaxshiroq qondirishga imkoniyat beruvchi iqtisodiy foydaga ega bo’ladi;
turistik va mehmonxona hizmatlarni tashkil qiluvchilar marketingi bu iste’molchilarning hohish – istaklari va xizmat ko’rsatishni tashkil etish uchun iste’molchilar ehtiyojini maksimal darajada qondirishga yo’naltirilgan talabni majmuali tadqiq qilish tizimidir;
jamoa turistik tashkilotlar marketingi - bu jamiyatning ijobiy fikrini tashkil etish, ushlab turish va kerak bo’lganda o’zgartirishga yo’naltirilgan faoliyatdir;
hududlar marketingi – bu turmahsulot iste’molchilarining aniq bir shaharlar, joylar va mamlakatlarga nisbatan hatti harakatini shakllantirish, qo’llab – quvvatlash va transformastiya qilish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Huddi shu faoliyatni turizmdagi munistipal, hududiy va milliy darajalarda tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar amalga oshiradi.
Turistik va mehmonxona hizmatlar bozori to’yingan vaqtda qiziqishlar bo’yicha mahsus turizm boshqacha ahamiyat kasb etadi. Turistik tashkilotlar o’z mahsulotini hamma turistlarga taklif etmay, balki iste’molchilarning aniq maqsadli guruhlarining ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladilar. Chet elda shaxsiy va ekzotik tavsifga ega turizm mashhur bo’lib bormoqda. Hammaga taniqli bo’lgan kurortlarga jamoa turlari ko’pchilik kishilarga ma’qul bo’lmayapti. Turistlar e’tiborini o’z didlariga moslab tanlagan individual sayohatlarga qaratmoqdalar. Mashhur jannatmakon Fidji orollari yoki Ispaniyaning oltin plyajlari o’rniga Alyaskada dam olishni xush ko’rishmoqda. U erda turbiznes mahalliy aholi uchun daromad topishning asosiy manbaiga aylanib bormorqda.
So‘ngi yillarda iste’molchilarni va ularning qimmatliligini yanada yaxshiroq tushunadigan,ular bilan bevosita marketing kommunikatsiyalari orqali aloqa qiladigan hamda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan kompaniyalar raqobat kurashida g‘olib chiqmoqdalar. Iste’molchilar bir-birlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladilar, OAVlarida ijobiy natijaga erishgan kompaniyalar bozorda kattagina ulushga ega bo‘lmoqdalar. Iste’molchilar reklama chaqiriqlariga nisbatan xizmatlarni o‘zlari piar ta’sirida tanlashni xush ko‘radilar. 4 bo‘limda iste’molchilarning o‘zaro aloqalari va marketing kommunikatsiyalariga qanday reaksiya bildirishlari hamda uni qabul qilishi, iste’molchi xulq atvori tahlili bilan marketing strategiyasi o‘rtasidagi munosabatlarning tenglashtirilishi to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirilgan.
Tashkilot ishlab chiqadigan marketing strategiyasi foydalanish uchun u tanlab oladigan marketing kommunikatsiyalarini mustahkamlashi zarur. Bu esa iste’molchilarning chuqur bilimlariga va ularning qiymat yo‘nalishlariga joriy qilinadi. Mavjud bozorlarni ko‘pgina tashkilotlari jamiyatning keng qatlamini asosiy mijozlar kabi jalb qilishga intilishi kerak. Bozorning ba’zi asosiy guruhlari doirasida mijoz yanada turli xil musobaqalarda ishtirok etadi,kompaniya va tashkilotlar spesifik maqsadli bozorlar uchun mo‘ljallangan strategiyalardan foydalanib iste’molchilar talab va istaklarini qondiradi. Iste’molchilarning strategik guruhlari uchun saralash va so‘ng rejalashtirish jarayoni rabobatbardosh strategiya singari ko‘rib chiqiladi. Barcha potensial mijozlar ham bir xil o‘sha mahsulotga nisbatan o‘xshash munosabatni yoki yo‘nalishni boshidan kechiradi (sezadi). STP-jarayoni tashkilotlarga ularning xizmatlari ahamiyatli bo‘ladigan guruhlarga o‘rinlashtrishga(sosredotochitsya, moslashtirish) yordam beradi. Mazkur strategik yondashuv marketing kommunikatsiyasini yanada samarali qilib, tashkilotlarga samarali usul bilan yondashishga (munosabatda bo‘lishga)imkon beradi.