Urbanizatsiya



Download 15,6 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi15,6 Kb.
#224471

Qishloq va shaharlar aholi punktlarining ikki asosiy ko‘rinishi hisoblanadi. Ma’lumki, shahar deb aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligidan boshqa tarmoqlarda band bo‘lgan aholi punktlariga aytiladi. Hozirgi davrda shaharlar har bir davlatning asosiy ishlab chiqarish, boshqaruv, transport markazlariga aylanib qolganligi hech kimga sir emas. Aynan shaharlar aholining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlab beruvchi manzilgohlar hisoblanadi.

Ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi, ayniqsa, sanoat inqilobining yuz berishi, olis, chekka hududlargacha yetib borish imkonini beruvchi transport yo‘llarining barpo etilishi jahonda shaharlar sonining keskin ortishiga olib keldi. Shaharga xos hayot tarzi esa ko‘plab insonlarni o‘ziga jalb qilib, ularni shaharga ko‘chib kelishga undamoqda. Natijada jahonda urbanizatsiya jarayoni tez sur’atlarda rivojlanmoqda.



Urbanizatsiya– (lotincha «urb» – «shahar»)– shaharlar, shahar aholisining soni va salmog‘ining o‘sishi, shahar turmush tarzining tarqalish jarayoni.
Urbanizatsiya darajasi, odatda, jami aholi tarkibida shahar aholisining salmog‘i bilan o‘lchanadi. Agar 1800-yilda Yer yuzi aholisining 3 % i shaharlarda istiqomat qilgan bo‘lsa, oradan yuz yil o‘tib, mazkur ko‘rsatkich 14 % ga yetdi. 2000-yilga kelib jahonda urbanizatsiya darajasi 47 % ni tashkil qildi. 2018-yil holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha urbanizatsiyaning o‘rtacha ko‘rsatkichi 55 % ga teng bo‘ldi.

Urbanizatsiya darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon davlatlarini uch toifaga ajratish mumkin:

1. Shahar aholisining ulushi 75 % dan yuqori bo‘lgan yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar (masalan, AQSH, Yaponiya, Belgiya va b.);

2. Shahar aholisining ulushi 50 % dan 75 % gacha bo‘lgan o‘rtacha

darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar (masalan, JAR, Peru, Xitoy va b.);

3. Shahar aholisining ulushi 50 % dan kam bo‘lgan past darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar (masalan, Misr, Bangladesh, Moldova va b.


Mintaqalar orasida eng yuqori urbanizatsiya darajasi Shhiiimmmooollliiiyyy Amerikaga tegishli (82 %). Bu ko‘rsatkich Lotin Amerikasida 81 %, Yevropada 74 %, Avstraliya va Okeaniyada 68 %, Osiyoda 50 %, Afrikada

43 % ni tashkil etadi (11-rasm). Jahonning barcha mintaqalarida urbanizatsiya darajasi davriy ravishda o‘sib bormoqda. Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Okeaniya hududlarida mazkur ko‘rsatkichning

o‘zgarishi nisbatan sekin yuz bermoqda. Osiyo va Afrikada esa aholining tabiiy o‘sishi yuqoriligi, qishloqlardan shaharlarga faol aholi migratsiyasi ta’sirida urbanizatsiya darajasi tez ortib bormoqda.

Lekin rivojlanayotgan davlatlarda shahar aholisi soni ortishi soxta urbanizatsiya ko‘rinishida ham kechadi. Soxta urbanizatsiya natijasida yirik shaharlar atrofida zaruriy infratuzilma elementlariga ega bo‘lmagan, qishloqlardan ko‘chib kelgan aholi tomonidan tartibsiz ravishda bunyod etilgan manzilgohlar shakllanadi (12-rasm). Bunday manzilgohlar maydoni ayniqsa Braziliya va Hindistondagi yirik shaharlarda ancha katta Urbanizatsiya jarayoni natijasida nafaqat shaharlar va shahar aholisi soni ortadi, balki shahar manzilgohlari maydoni ham kengayishi yuz beradi. Natijada shahar aglomeratsiyalari va megalopolislar vujudga

keladi.

Shahar aglomeratsiyasi – turli kattalikdagi shaharlarning ma’muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy aloqalar natijasida birlashuvi hisoblanadi. Mavjud aglomeratsiyalar bir markazli va ko‘p markazli bo‘lishi mumkin.

Megalopolis (yunoncha megalu – «katta», polis – «shahar») deb yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining bir-biriga qo‘shilib ketishiga aytiladi. Megalopolislarni bir qancha shahar aglomeratsiyalarining yig‘indisi

deb ham atash mumkin. Hozirgi vaqtda jahonda 6 ta to‘liq shakllangan megalopolis mavjud (8-jadva



darsliklar asosida (DTM namunasida) tuzilgan testlar o’rin olgan. Bundan tashqari to’plam 2019-yildan boshlab DTM tomonidan amalga kiritilgan jadvalli, xaritali va rasmli testlar bilan boyitilgan. To’plamning I-qismi har birida 30 tadan savol mavjud bo’lgan 30 ta variantdan iborat. Bu testlarning joriy yilda tushish ehtimoli juda yuqori bo’lganligi sabab testlarni ishlash bilan birga yod olish ham tavsiya
Download 15,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish