Elementar matematika davrida dastlabki ob‘yekti sanoq bo‗lgani uchun
ko‗pincha unga «hisob-kitob haqidagi fan» deb qaralgan (ammo bugungi
matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik o‗rin
egallaydi).
Zamonaviy matematika (ba‘zan ―oliy matematika‖ deyishadi) davrining
boshlang‗ich nuqtasi deb 17-asr – matematik tahlilning paydo bo‗lish asri qabul
qilingan.
Bu paytda analitik geometriya va algebra simvolikasi vujudga keldi. 17 –asr
ohiriga kelib I.Nyuton, G.Leybnits va ularning o‗tmishdoshlari tomonidan yangi
matematik apparat - differensial va integral hisob yaratildi. Bu apparat matematik
tahlilning asosini va, ta‘bir joiz bo‗lsa, hatto umuman hozirgi zamon
tabiatshunosligining matematik asosini tashkil etadi.Bu davrda matematika
«Miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan» mazmunida
ta‘riflangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |