TILSHUNOSLIKNING BOSHQA FANLAR BILAN MUNOSABATI
(TILSHUNOSLIKNING IJTIMOIY, TABIIY VA ANIQ FANLARGA MUNOSABATI)
Tilshunoslik fanlar sistemasida deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqada. Buning sababi tilshunoslik fanining o’rganish ob’ekti bo’lgan tilning mohiyati bilan bog’liqdir.
Avvalo, til kishilar o’rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy xarakterga ega. Demak, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqada. Masalan, til egasi bo’lgan xalqnint tarixi, madaniyati, ruhiyati va boshqalar.
Bu shuni ko’rsatadiki, o’zaro munosabatda bo’lgan barcha ijtimoiy hodisalarni o’rganuvchi ijtimoiy fanlar ham o’zaro munosabatdadir. Xususan, tilshunoslik falsafa, tarix, etnografiya, sotsiologiya, psixologiya singari fanlar bilan uzviy aloqada.
Til fikrni shakllantiruvchi va ifodalovchi vositadir. Demak, tilshunoslik tilning tafakkur bilan aloqasini o’rganar ekan, tafakkur qonuniyatlarini o’rganuvchi mantiq va psixologiya fanlari bilan tutash nuqtalarga ega bo’ladi.
Til ma’lum jamiyatning aloqa vositasi sifatida shu xalqning tarixi, etnografiyasi bilan ham bevosita aloqadadir. O’sha aloqa tilshunoslikning tarix, etnografiya bilan bog’liq ekanini ko’rsatadi.
Xalq madaniy olamining shunday tarmog’i borki, ular uchun til, xuddi rassom uchun rang-bo’yoq, haykaltarosh uchun loy yoki tosh singari, moddiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Bu tarmoq adabiyotdir. SHuning uchun adabiyot so’z san’ati hisoblanadi. So’z bir vaqtning o’zida ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning o’rganish ob’ekti sanaladi. Ularning farqi faqat so’zga qanday nuqtai nazardan yondashishga bog’liq.
So’zning atash ma’nosi va uning ontologik tuzilishi tilshunoslikning o’rganish ob’ekti bo’lsa, uning ta’sir etish, badiiy-estetik vazifasi adabiyotshunoslikning o’rganish ob’ekti bo’ladi.
Til garchi vazifa bajarish nuqtai nazaridan ijtimoiy xarakterga ega bo’lsa-da, lekin yuzaga chiqish nuqtai nazaridan insonning fiziologik tuzilishi bilan uzviy bog’liq. CHunki lisoniy faoliyat bosh miya faoliyati bilan bog’liq holda, nutq organlarining harakati hosilasi sifatida yuzaga chiqadi. Bu esa tilshunoslik bilan fiziologiyaning o’zaro naqadar bog’liq ekanini ko’rsatadi.
Har qanday nutq tovushlar silsilasidan tashkil topl topadi. Tovush esa muayyan moddiy jismning tashkil top ta’sir tufayli harakatlanishi va havoning tebranishi natijasida paydo bo’ladi. Tovushning yuzaga kelishi va uning akustik xossasini o’rganish jarayonida tilshunoslik fizikaning akustika bo’limi bilan uzviy aloqada bo’ladi.
Til kishilar o’rtasida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Kishilar boshqa axborot vositalaridan ham foydalanadilar. Bu axborot vositalarinint hammasi belgili tabiatga ega. CHunki mazkur vositalar ob’ektiv olam haqidagi axborotni bevosita emas, balki bilvosita, belgilar yordamida ifodalaydi. Tilning boshqa axborot tashuvchi vositalar kabi belgili tabiatini, uning belgilar sistemasi ekanini ochishda tilshunoslik semiotika bilan hamkorlik qiladi.
Axborot muayyan texnik vositalar yordamida uzoqqa uzatilishi ham mumkin. Axborot uzatish vositalarini o’rgatish uchun tilshunoslik axborot nazariyasi bilan aloqa qiladi.
Hozirgi kunda avtomatik tarjima keng tarmoq otmoqda. Avtomatik tarjima esa tarjima qilinayotgan tillarning leksik imkoniyatlarini programmalashtirish mahsuli sanaladi. Demak, avtomatik tarjima tilshunoslik va kibernetikaning o’zaro munosabati tufayli yuzaga keladi.
SHu qisqa dalillar ro’yxatining o’ziyoq tilshunoslikning fanlar sistemasidagi juda ko’p fanlar bilan uzviy aloqadorligidan guvohlik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |