miya reflekslari kitobi bosmadan chiqqanidan keyin ayniqsa keng tus olgan edi.
Bu kitobda psixik hodisalar ham xuddi odam organizmining boshqa barcha
funksiyalari kabi tabiiy hodisalar ekanligi, ular sababsiz yuz bermasdan, balki nerv
sistemasining reflektor aks etishi faoliyati natijasi ekanligi ko`rsatib berilgan edi.
I.M. Sechenovning reflektor nazariyasi psixologik bilimlarning tabiiy-ilmiy
negizini tashkil etadi. Bu nazariya keyinchalik I.P.Pavlovning shartli reflekslar
haqidagi ta`limotida uning shogirdlari L.A.Orbeli P.K.Anoxin K.M.Bikov,
N.I.Krasnogorskiylarning asarlarida, shuningdek, A.A.Uxtomskiy N.A.Bernshteyn
asarlarida yoritilgan.
I.S.Beritashvili va boshqalarning asarlarida yanada rivojlantiriladi. hozirgi
paytda psixologiya fanining tabiiy-ilmiy jihatdan bu xilda asoslanganligi olimlar
tomonidan miya faoliyatining neyrofiziologik mexanizmlari o`rganilayotganligi
hisobiga tobora kuchaytirilmoqda. Shu tariqa psixik faoliyatning murakkab
fiziologik mexanizmlari tizimini tadqiq qilish borasidagi yutuqlar psixologiya bilan
tabiatshunoslik o`rtasidagi aloqalarning aniq natijasi qsifatida yuz beradi.
Hozirgi zamon psixologiyasining asosiy muammolarini tadqiq qilishda buyuk
tabiatshunos Ch.Darvin tomonidan 1859 yilda yozilgan "Tabiiy tanlanish yo`li
bilan turlarning kelib chiqishi to`g`risida yoki yashash uchun kurashda qulaylikka
ega bo`lgan turlarning saqlanishi" kitobida bayon etilgan evolyusion g`oyalari juda
katta ta`sir ko`rsatadi. Bu g`oyalar jonli mavjudotlar muhitning o`zgaruvchan
sharoitlariga moslashish jarayonida psixikaning rolini aniqlash, psixik faoliyatning
oliy shakllari quyi ancha sodda shakllaridan kelib chiqqanligini anglash imkonini
beradi. Ch.Darvin butun jonzotning evolyusion g`oyasini hayvonlarda sezgining
paydo bo`lishiga nisbatan qo`llashga muvaffaq bo`ladi. U biologik rivojlanish
jarayonida tananing tuzilishidagi va uning ayrim a`zolaridagi o`zgarishlarga olib
keladigan o`sha asosiy omillarni ko`rsatib beradiki, bu filogenezdagi psixik
taraqqiyotning kuchlari bo`lib hisoblanadi. Psixologiyada Ch.Darvinning
hayvonlar psixikasining evolyusiyasi haqidagi g`oyalari ko`pgina olimlarning va
eng avvalo A.N.Seversov bilan V.A.Vangerning ilmiy ishlarida rivojlantirildi. Bu
hayvonlar psixik faoliyatining turli xil shakllarini, ularning kelib chiqishidan
boshlab tadqiq etish imkonini beradi. A.N.Seversovning tasdiqlashicha,
hayvonlarda organizmlar tuzilishi o`zgarmagan holda faqat ularning xatti-
harakatini o`zgartirish yo`li bilan muhitga moslashtirishning evolyusiyasi bir-biriga
qo`shilmaydigan ikki yo`ldan borgan va hayvonot olarnining ikkita tipida o`zining
yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan. Bug`imoyoqlilar turida xatti-harakatning
irsiy o`zgarishlari jadal tarzda evolyusiyalasha boshladi, ularning yuksak taraqqiy
etgan vakillari bo`lgan hashoratlarda esa hayot tarzining barcha ikir-chikirlariga
moslashgan g`oyat murakkab va mukammal instinktiv faoliyatning bu murakkab
va mukammal apparati ayni chog`da o`ta qoloq hamdir, hayvonlar muhitning tez
o`zgarishlariga moslasha olmaydilar. Xordalilar turida evolyusiya boshqa yo`ldan
boradi, instinktiv faoliyat juda katta yuksaklikka erishmasa, ham lekin xatti-
harakatni individual tarzda o`zgartirish orqali moslashuv jadalroq rivojlana
boshladi va organizmning o`zgaruvchanligini juda ham oshirib yuboradi. Irsiy
moslashuvchanlik ustida xatti-harakatning individual tarzda o`zgaruvchanligidan
iborat ustqurma paydo bo`ladi.
Shunday
qilib,
evolyusion
ta`limot
xulq-atvorning
irsiyat
bilan
programmalashtirilgan instinktiv shakllarining ham hayot kechirish davomida
shartli reflekslar murakkab tizimining paydo bo`lishi natijasida orttiriladigan
shakllarining ham kelib chiqishini tushuntirib berish imkonini tug`diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |