Yomg‘ir yog‘ayapti gapi qanday kontekstda va qanday jarayonni bildirishiga ko‘ra turli pragmatik ma’no ifodalashi mumkin: Men hyech qayerga bormayman (so‘zlovchining biror joyga borishni inkor qilishi), Soyabonni ol (tinglovchini yomg‘irdan saqlanishga undash, maslahat berish), Yomon, noqulay ob-havo (ma’lum bir ish-harakatni amalga oshirishga ob-havoning noqulayligini izohlash) va so‘roq ohangi – (yomg‘irning yog‘ayotganligi haqidagi xabarni tasdiqlash).
Do'stlaringiz bilan baham: |