1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Download 1,27 Mb.
bet50/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

Reja:

  1. Bozor munosabatlariga O‘tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va

ustuvor yO‘nalishlari.

  1. Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy O‘zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi.

  2. Qishloq xO‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga O‘tishning asosiy yO‘nalishlari va

bosqichlari.

  1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi.

  2. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.


Tayanch iboralar.

Taraqqiyotning “Oʻzbek modeli”. Bozor iqtisodiyoti. Sotsialistik iqtisod. Iqtisodiy islohotlar. Oʻtish davri. Xususiy mulk. Xususiylashtirish. Biznes. Renta. Kichik biznes. Xususiy tadbirkorlik. Makroiqtisodiyot. Menejment. Birja. Infrastruktura. Inflyatsiya. Investitsiya. Yoqilgʻi-energetika mustaqilligi. Oziq-ovqat mustaqilligi. Sanatsiya. Stagnatsiya. Diversifakatsiya. Agrar islohotlar. Fermer xoʻjaligi. Klasterlar.
Adabiyotlar.

  1. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: ―O‘zbekiston. 2019.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.:

―O‘zbekiston. 1996.

  1. Karimov I.A. Biz kelajagimizni O‘z qO‘limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: ―O‘zbekiston. 1996.

  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. -T.: ―O‘zbekiston. 1996.

  3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: ―O‘zbekiston. 2011.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Miliy taraqqiyot yO‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga kO‘taramiz. Asarlar 1-jild. -Т.: ―O‘zbekiston. 2018.

  5. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -Т.: ―O‘zbekiston. 2018.

  6. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. Asarlar 3-jild. -Т.: ―O‘zbekiston. 2019.

  7. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.:

―O‘zbekiston. 2020.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston. 2021.

  2. Азизхўжаев А.А. Мустақиллик: курашлар, изтироблар, қувончлар. -Т.: ―Академия.

2001.

  1. Ўзбекистон тарихи. Иккинчи китоб (1939-1991 йиллар). -Т.: ―O‘zbekiston. 2019.

428-459 бетлар.

  1. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. -

Т.: ―Fan va texnologiya. 2014.

  1. Қобилов Ш.Р. Мустақиллик ғойибдан келган эмас ... -Т.: ―Ўқитувчи. 2012.

  2. Қувватов Н.Б. Ўзбекистонда ўтиш даври ва жамият тараққиѐти. -Т.: ―Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти. 2013.




    1. Bozor munosabatlariga O‘tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va

ustuvor yO‘nalishlari.
O‘zbekistonning hayoti deyarli 130 yil mobaynida chor Rossiyasiga, Sovet tuzumiga, hokimiyat tepasiga kelib-ketib turgan rahbarlarning g‘ayriinsoniy siyosatiga, jamiyatdagi hukmron partiya tutgan yO‘lga bog‘liq bO‘lgan.

Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning kundalik turmushiga daxldor bO‘lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham O‘z zimmasiga olgani uchun mamlakat taraqqiyoti sustlashib, xalq turmush darajasi kundan-kunga pasayib borgan. Davlatlatlashtirilgan iqtisod defitsitli iqtisodga aylandi. Mustaqillik arafasida eng zarur tovarlarning ilgari sezilmagan taqchilligi shiddat bilan kuchayib bordi. Defitsit za- monaviy tovarlar u yoqda tursin, hatto kundalik ehtiyoj tovarlarni ham qamrab oldi, inflyatsiya jarayoni kuchaydi. Iqtisodiyotdagi obyektiv qonuniyatlarning kO‘r-kO‘rona inkor egilishi ishlab chiqarishning O‘sishiga salbiy ta‘sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zO‘rayishiga sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining O‘rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning O‘rniga ma‘muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yO‘lida tO‘g‘anoq bO‘ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xO‘jalik aloqalarining uzilishi ishlab chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi.

Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, O‘zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan mavjud vaziyatdan chiqib ketishi ancha qiyin edi. Chunki respublikada kO‘p yillar davomida shakllangan xalq xO‘jaligi tarkibi, ya‘ni unda paxta yakkahokimligining O‘rnatilgani, xom ashyo resurslarinint Ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga yetkazilmatan va ishlab chiqarishning xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga bO‘lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi.

Respublikada yuzaga kelgan bunday holatni O‘zbekiston Respublikasi (keying o‘rinlarda O‘z.R)ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tahlil qilib, shunday degan edi: "Bir necha O‘n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda tO‘qilgan qarorlar amalga oshirildi, "kampaniya"lar O‘tkazildi. O‘zbekistonning chinakam manfaatlari, O‘ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xO‘jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg‘i, asbob-uskunalar va texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste’moli mollarini chetdan keltirishga majburdir" (Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O‘zbekiston, 1996. B. 61).

Mustamlakachilik siyosati oqibatida O‘zbekiston iqtisodi zaif bO‘lgani holda, O‘z yeridagi boylikni O‘zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. O‘zbekistonning yer osti boyliklari umumittifoq mulki deb qaralar, hatto, "... oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik

ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida O‘ta xaridorgir bO‘lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O‘zbekiston xazinasiga tushmas edi"(Karimov I.A. Biz kelajagimizni O‘z qO‘limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: O‘zbekiston, 1996.

B. 371). Faqat sovet davrining sO‘nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilmas edi, albatta.

Boz ustiga, bu davrga kelib markaz O‘zining kO‘plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi mavjud yetishmovchiliklarni O‘z bO‘ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste‘moli mollari va moddiy resurslar bilan ta‘minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xO‘jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga O‘tishiga olib keldi, mintaqaviy xO‘jalik yuritish g‘oyasini vujudga keltirdi va g‘ayriintegratsion jarayonlarga turtki bO‘ldi.

Yillar davomida tO‘planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi. "Bugun ochiq aytaversak ham bO‘ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida kO‘p narsalarda uzilish bO‘lib, juda og’ir ahvolga tushib, naq ocharchilik ostonasida turar edik" (Karimov I.A. O‘zbekistoi: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O‘zbekiston, 1996. B. 3).

O‘zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yO‘liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga O‘tish taqozo etilardi. Shunday O‘ta og‘ir vaziyatda, Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq sO‘zlab, respublikada vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: "Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning O‘zi yO‘l qO‘ymaydi” (Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: O‘zbekiston, 2011. B. 32-45).

O‘zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi. O‘zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktabr oyida, O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u "O‘zbekiston xalq xO‘jaligini barqarorlashtirishning asosiy yO‘nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb nomlanadi.

Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:



  • aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;

  • respublika fuqarolarining hamjihatligini ta‘minlash, millatlararo dO‘stona munosabatlarni

mustahkamlash;

  • O‘zbekistonning boshqa respublikalar bilan bO‘ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng

huquqli va O‘zaro manfaatli asosda qayta qurish;

  • boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtisodiy, ya‘ni manfaatni hisobga

oladigan boshqarish usullariga O‘tish;

  • moliya-kredit va soliq tizimini qayta kO‘rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi

yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;

  • turli mulkchilik shakli va xO‘jalik yuritishga O‘tish;

  • suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni O‘rnatish;

  • O‘z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishning bir yoqlama

rivojlanishiga chek qO‘yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash.

Dasturda yuqorida sanab O‘tilgan chora-tadbirlarni 3 bosqichda amalga oshirish mO‘ljallangan edi:

birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qO‘yish (1990-1992 yillar);

ikkinchi bosqich bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish (1992-1993 yillar);

uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xO‘jalik yuritish usullarini keng quloch

yoydirish (1994-1996 yillar), Bu dasturda yetti yil davomida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda tutilgan bO‘lib, uni siyosiy mustaqillik yO‘lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshmagan bO‘lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i nazar, O‘zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan O‘z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida kO‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir.

O‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan sO‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan sO‘ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki, kO‘plab yangi, O‘tish davri bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga qalqib chikdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish, bozor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy O‘zgarishlarni amalga oshirish, aholinish ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma‘muriy buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asoslashgan modeliga O‘tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi.

Ushbu modelning asosiy tamoyillari, uni amalga oshirish yO‘llari, bosqichlari Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda O‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Islom Karimovning "O‘zbekiston: bozor munosabatlariga O‘tishning O‘ziga xos yO‘li" asarida e‘lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat:




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish