1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Download 1,27 Mb.
bet58/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi.

Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, sovet tuzumi davrida egalitarizm tamoyili asosida

majburan joriy etilgan markazlashgan "rejali iqtisodiyot" tartib-qoidalari shaxsiy manfaatdorlik

va tadbirkorlikni xalq ongu shuuridan chiqarib tashlay olmadi. Binobarin, sun‘iy tarzda tashkil etilgan serxarajat va samarasiz iqtisodiy tizim nuqsonlari va kamomadini qoplashda aynan tadbirkorlik aholining shaxsiy yordamchi xO‘jaliklari (SHYOX) muhim rol O‘ynadi. Masalan, mustaqillik arafasida kartoshka, tuxum va qorakO‘lning 39 foizi, sabzavot va gO‘shtning 50 foizga yaqini, sut va junning 65 foizi (Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryoda chorvachilik mahsulotining 70 foizi), SHYOX hissasiga tO‘g‘ri kelgan. Respublika davlat sta- tistika qO‘mitasi ma‘lumotlariga qaraganda, SHYOXlar tomonidan tayyorlangan mahsulot oila byudjetining chorak qismini tashkil etgan.

Mustaqillikning qO‘lga kiritilishi O‘zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yO‘liga qaytishiga imkon yaratdi. "O‘zbek modeli" konsepsiyasi asosida boshlangan tub iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. "Islohotning asosiy ma‘nosi va, kerak bO‘lsa, negizi bu - mulkni haqiqiy egasiga topshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochib berishdir" (Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. T.: O‘zbekiston, 1996.-B. 336.), deb ta‘kidlagan edi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov.

Mamlakatimizda O‘tkazilayotgan islohotlarning bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichda olib borildi.

Birinchi bosqich 1991-1996 yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bO‘lgan kichik mulkdorlar sinfini shakllantirishdan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitusiyaviy huquq va kafolatlarini ta‘minlovchi qonunlar qabul qilindi. Natijada, 1995 yil oxiriga kelib, kichik korxona va mikrofirmalar soni 42,4 mingtaga yetib, 1991 yilga nisbatan 4,5 barobar O‘sdi. Ularda band bO‘lganlar soni 441,0 ming kishidan oshib ketdi. YAIM tarkibida kichik biznes ulushining 1991 yiddagi 1,5 foizdan 1995 yilda 16,9 foizga borib yetishini tub ma‘noda milliy iqtisodiyotning yutug‘i sifatida e‘tirof etish mumkin.

1995 yil 5 yanvarda O‘zbekiston Prezidentining "Xususiy tadbirkorlikda tashabbus kO‘rsatish va uni rag‘batlantirish tO‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga binoan ishlab chiqarish, qishloq xO‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste‘mol mollari va bir qator boshqa ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘idan ozod qilindi.

Ikkinchi bosqich 1996-2000 yillar. Qisqa muddat bO‘lishiga qaramay, ushbu davr mamlakat hayotida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan tasniflanadi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va banqdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) O‘z faoliyatini boshladi.

1996 yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxi pasayib ketishiga, ayni vaqtda, respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta‘minlab turgan ushbu xom ashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning O‘zida 15 foizga qisqarishiga sabab bO‘ldi. Boz ustiga, 1998-1999 yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25 foizga qisqardi. Bunga javoban mamlakat rahbariyati tegishli chora-tadbirlar kO‘rishga majbur bO‘ldi. Ular import O‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni qO‘llab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zahirasini saqlash, undan unumliroq foydalanishga qaratildi. Binobarin, davlat tomonidan qO‘llab-quvvatlanishiga qaramay, kichik biznes ham alohida muammolar va murakkabliklarga duch kela boshladi, ularning soni bir qadar qisqardi.

Yuzaga kelgan vaziyat davlat boshqaruv organlari tuzilmalari va iqtisodiyotning ushbu sektori uchun bozor infratuzilmalarini takomillashtirish zaruriyatini kun tartibiga qO‘ydi. Shularni nazarda tutgan holda, O‘z Rning birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deb ta‘kidlagan edi: "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun hamma yO‘lni ochib berish kerak. Tadbirkorlik tuzilmalarining moliya, bank va boshqa bozor tuzilmalari bilan

munosabatlarini mustahkamlash, eng muhimi, kredit olish yO‘lida mavjud tO‘siqlarni olib tashlash lozim. Ularning xom ashyo resurslaridan foydalanishlariga keng yO‘l ochib berish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulot mamlakatning O‘zida ham, uning tashqarisida ham sotiladigan bozorni kafolatlovchi tizimni barpo etish darkor" (Karimov I.A. Biz kelajagimizni O‘z qO‘limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: O‘zbekiston, 1999. B. 375.).

Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirishga doir vazifalardan kelib chiqqan holda, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan davlatning barqaror va har tomonlama asoslangan siyosatini yuritish maqsadida, ushbu bosqichda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bO‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining faoliyati kuchaytirildi. Davlat mulk qO‘mitasi, Davlat soliq qO‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, Raqobat va tadbirkorlikni qO‘llab-quvvatlash Davlat qO‘mitasi, tijorat banklari va boshqalarning xususiy tadbirkorlikni qO‘llab-quvvatlash borasidagi funksiyalari, faoliyat doiralari hamda yO‘nalishlari kengaytirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000 yilda 31 foizga yetdi.

Uchinchi bosqich 2000-2010 yillar. Bu davrda makroiqtisodiy jabha, shu jumladan, tadbirkorlik sohasida ham iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan say-harakatlar iqtisodiy islohotlarnint mazmun-mohiyatini tashkil etdi. Ushbu bosqichning tendensiya va xususiyatlari, bir tomondan, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish bO‘yicha dasturlarni qabul qilish, boshqa tarkibiy O‘zgarishlar bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, kichik biznesning rivojiga keng imkoniyatlar yaratuvchi, ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarni cheklovchi, rO‘yxatdan O‘tkazish tartibini yengillashtiruvchi bir qator huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bilan tavsiflanadi.

Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng kO‘lamda rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2000 yilda qabul qilingan O‘z Rning "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tO‘g‘risida"gi Qonuni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Qonun bilan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat rO‘yxatidai O‘tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratildi, tadbirkorlarning imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi. Mamlakat Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi "O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari tO‘g‘risida"gi Farmoni xususiy sektorning milliy iqtisodiyotdagi ulushini oshirishning asosiy strategiyasi bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini qO‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning yangi mexanizmlari, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun rO‘yxatdan O‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish tO‘g‘risida"gi 357-sonli Qarori yagona soliq tO‘lovini joriy etish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun rO‘yxatdan O‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirishni ta‘minladi.

TO‘rtinchi bosqich 2010 yildan boshlanadi. 2011 yilning "Kichik biznes va xususiy tadbir- korlik yili" deb e‘lon qilinishi hamda Islom Karimovning 2010 yil 27 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qO‘shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir" nomli ma‘ruzasi ushbu tarmoqda yangi bosqichning boshlanishiga asos bO‘ldi. Dastur va ma‘ruzada qayd etilgan fikrlar iqtisodiyotning muhim sohasi va harakatlantiruvchi kuchi bO‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga ustuvor axamiyat berish bO‘yicha avvalgi yillarda boshlangan ishlarning uzviy davomi edi.

Bu bosqichda belgilangan vazifalar 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan «Inqirozga qarshi choralar davlat dasturi»dan kelib chiqib, unda kichik biznesni davlat tomonidan qO‘llab-quvvatlash siyosati aniq manzilli xususiyat kasb etganligini alohida qayd etish zarur. Dastur bO‘yicha tadbirkorlarni qO‘llab-quvvatlash bO‘yicha puxta chora-tadbirlar amalga oshirildi, kichik biznes

subyektlarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq tO‘lovi stavkasi yanada pasaytirildi.

Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida tO‘lashdan manfaatdor bO‘lishi kerak. 2019 yildan boshlab joriy etilgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g‘oyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qO‘llashdir. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin.

SO‘nggi yillarda, xususan 2019 yilda yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga kO‘paydi.

QO‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan 2019 yili soliq tO‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion sO‘m qoldi. 2020 yilda bu raqam 11 trillion sO‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga O‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qO‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. (O‘z.R.Prezidentining Parlamentga murojaatnomasidan. 24.01.2020).
Dasturning ustuvor vazifalarini bajarish yuzasidan kO‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2011 yilda iqtisodiyotda kichik biznes sektorining barqaror O‘sishi ta‘minlandi. YAIMdagi uning ulushi 2000 yildagi 31,0 foizdan 2011 yilda 54 foizga yetib, shundan 33,7 foizi kichik korxona va mikrofirmalar, 20,3 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobiga tO‘g‘ri keldi.

Iqtisodiyotning ushbu sektorida O‘sishga, eng avvalo, ichki omillar ta‘sirida erishildi: izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda, soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati, xO‘jalik yurituvchi subyektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qildi. Shuningdek, investitsiyalar kiritayotgan va yangi mahsulotlarni O‘zlashtirayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qO‘shimcha imtiyozlar berilishi va qulayliklar yaratilishi, shubhasiz, muhim rol O‘ynadi. Bugungi kunda kO‘plab kichik biznes subyektlari O‘n mingdan ortiq nomdagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Jumladan, import O‘rnini bosuvchi va yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashuvni ta‘minlovchi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ham ishlab chiqarilmoqda.

Sektorda yangi ish O‘rinlari yaratish va aholini ish bilan ta‘minlashda ham barqaror ijobiy O‘sish kuzatildi. Faoliyat yuritayotgan subyektlar sonining O‘sishi 604 ming yangi ish joylari tashkil etilishini ta‘minladi. Bu umumiy yaratilgan yangi ish O‘rinlarining 65,0 foizini tashkil etdi. Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorida band bO‘lganlar soni 8,9 mln. kishiga yetib, umumiy band bO‘lganlarning 74,8 foizini tashkil etdi.

Prezident SH.Mirziyayevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilishicha: ―Jahon bankining biznes yuritish sohasidagi 2018 yilgi reytingida mamlakatimiz qurilish bO‘yicha 134- O‘rinni egallagan. Bu esa sohada kO‘plab muammolar borligidan dalolat beradi. Misol uchun, qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud bO‘lib, ularni olish uchun O‘rtacha 246 kun sarflanadi. Bu adolatsizlik emasmi?.



SO‘nggi yillarda Jahon bankining ―Biznes yuritish reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bO‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. 2019 yilda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu 2020 yildan boshlab soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni tO‘lash muddatini uzaytirish yoki bO‘lib-bO‘lib tO‘lashga ruxsat berish bO‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. (Prezident Murojjaatnomasi. 24.01.2020.)

Shunday qilib, kuchli raqobat sharoitida milliy korxonalarimizning jahon xO‘jalik tizimiga izchil kirib borishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etdi. Aynan iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurishning jadallashyvi, modernizatsiyalash va barqaror uzoq muddatli iqtisodiy O‘sishni ta‘minlashga erishish kO‘p jihatdan kichik tadbirkorlik rivojiga bog‘liqdir.





    1. Download 1,27 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish