Foiz stavkasiga to‘lov muddatining ta’siri. Foiz stavkasiga to‘lov muddatining qanday ta’sirini yaqqol ko‘rish uchun navbatdagi betdagi 1-rasmga qarang. Unda AQSh G‘aznachilik veksellarining 20xx yil x iyun holatiga daromadlilik egri chizig‘i (yield curve) tasvirlangan. Daro-madlilik egri chizig‘i AQSh G‘aznachiligi tomonidan muomalaga chiqarilgan veksellarning belgilangan daromad bo‘yicha foiz stavkalari miqdorlari (daromadlilik) va ularni qaytarish muddatlarining o‘zaro nisbatini aks ettiradi.
7.1-rasm da biz bir yillik g‘aznachilik majburiyatlarning daromadi hisobi yiliga 5,25%ni tashkil etganini, bu ko‘rsatkich qaytarish muddati o‘sgan sari ortib borishini va qaytarish muddati 30 yil bo‘lganda 6%ni tashkil etganini ko‘ramiz.
1-rasmda bu yaqqol ko‘rinmasa ham, daromaddorlik egri chizig‘ining shakli va darajasi vaqt o‘tishi bilan juda o‘zgaradi. O‘tmishda, qisqa muddatli foizli stavkalar uzoq muddatlinikidan yuqori bo‘lgan, shuning
Yillik hisobdagi daromadlilik(%)
Qaytarish muddati
1-rasm. AQSh G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘i
uchun daromaddorlik egri chizig‘i pastdan yuqoriga emas, balki yuqoridan pastga tushgan.
Foiz stavkasiga to‘lanmaslik riskining ta’siri. Belgilangan daromadli instrument (vosita)lar bo‘yicha to‘lanmaslik riski qanchalik yuqori bo‘lsa, hatto boshqa barcha ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolganda ham, ushbu instrument (vosita)larning foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. 7.1-jadvalda qarz oluvchilar tomonidan chiqarilgan va o‘z qarzlari bo‘yicha noto‘lovlarning turli darajadagi risklari bilan xarakterlanuvchi dollar nominalidagi xilma-xil foiz stavkalari keltirilgan.
1-jadval
Qimmatli qog‘ozlar daromadliligi solishtirmasi (%)
Qaytarish muddati 1 yildan dan 10 yilgacha bo‘lgan AQSh G‘aznachiligi obligatsiyalari
|
5,70
|
Qaytarish muddati 10 yildan yuqori bo‘lgan AQSh G‘aznachiligi obligatsiyalari
|
6,21
|
Qaytarish muddati 1 yildan 10 yilgacha bo‘lgan korporativ obligatsiyalar
|
|
Yuqori sifatdagi
|
6,45
|
O‘rtacha sifatdagi
|
6,94
|
Qaytarish muddat10 yildan yuqori bo‘lgan korporativ obligatsiyalar
|
|
Yuqori sifatdagi
|
7,09
|
O‘rtacha sifatdagi
|
7,56
|
Bu yerda AQSh G‘aznachiligi uzoq muddatli obligatsiyalari shunday riskning eng past ko‘rsatkichiga ega. Undan keyingi o‘rinlarni yuqori va o‘rta sifatli korporativ obligatsiyalar egallamoqda.
Ushbu berilgan holatdagi turli xil qimmatli qog‘ozlar daromad-dorligi ko‘rsatkichlari farqiga (yield spread) e’tiboringizni qarating: qaytarish muddati 10 yildan yuqori bo‘lgan AQSh G‘aznachiligi obliga-tsiyalari, ularning yillik daromaddorligi 6,21%ni tashkil etadi va xuddi shunday qaytarish muddatidagi o‘rtacha sifatdagi korporativ obligatsiya-larning yillik daromaddorlik ko‘rsatkichi esa 7,56% ga teng. O‘rtadagi daromaddorlik farqi yiliga 1,35%ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |