1.6.Kommutatsiya tarmoqlarning evolyutsiyasi
Telefon aloqasi tarmog‘ida foydalanishga topshirilgan kommutatsiya
stansiyalarining asosiy rivojlanish tendensiyalariga nazar tashlasak, kommutatsiya
texnikalarining evolyusiyasi ikki turga ajratilgan. Birinchisi, ichki tuzilishi
(telefoniyaning
tarkibi)
va
tashqi
tuzilishi
(axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari majmuasining rivojlanishi bilan bog‘liq jarayoni)dan kelib chiqadi.
Infokommunikatsiyalar tizimining evolyusiyasi turli iqtisodiy hamda tashkiliy
sabablarga ko‘ra kommutatsiya stansiyalari o‘zgartirib borilgan. Modernizatsiya
qilish, kengaytirish va rivojlantirish ana shu o‘zgartirishning asosiy mohiyatidir.
Ushbu tushunchalar tom ma’noda o‘ta chambarchas va kuchli ahamiyatga egadir.
Moddiy jihatdan eskirishga o‘tib borayotgan texnika vositalari zamonaviy
ma’lumotni taqsimlovchi vositalarga (har jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy va texnikaviy-
tashkiliy yo‘nalishlarni e’tiborga olinib) almashtirib borilgan. Umuman,
O‘zbekistonning infokommunikatsiya tizimida telefon aloqasining beshta asosiy
kommutatsiya tizimi davrini (fazasini) o‘tagan. Uni yuqoridagi jadvalda
ko‘rishimiz mumkin.
Tarix sahifalarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, 1904 yili 200 raqamga
mo‘ljallangan qo‘l bilan boshqariladigan birinchi kommutasiya tizimi
ekspluatatsiya qilingan. Keyinchalik mazkur qurilmalarning imkoniyatlarini har
tomonlama kengaytirish orqali, o‘sha zamonaning yangi yutuqlarini joriy etish
maqsadida, qo‘l bilan boshqariladigan telefon stansiyalari tizimini avtomatlashgan
telefon stansiyaga almashtirish bo‘yicha ishlar olib borilgan.
1932 yili Toshkentda birinchi avtomatlashgan mashina tizimidagi stansiya
ishga tushirilgan. 1955 -1960 yillar davomida Toshkent shahar telefon tarmog‘ida
47 va 54- telefon stansiyalari dekada odimlovchi telefon stansiyalariga asos soldi.
11
Shu davrning so‘nggi yillarida 54-ATS yangi koordinat tizimli qurilma bilan
almashtirildi. U o‘sha davrda o‘zining iqtisodiy tomondan arzon bo‘lgan hamda
sifat jihatdan ancha yaxshi xizmat ko‘rsata oladigan texnologiyalardan sanalgan.
Koordinat tizimdagi stansiyalar dekada odimlovchi tizim bilan o‘zaro hamkorlikda
ishlay olishga ham mo‘ljallangan edi.
Keyinchalik mahalliy telefon aloqasini rivojlantirish bo‘yicha aloqa
tarmog‘ining ko‘p kanaldan iborat impuls-kodli modulyatsiyaga asoslangan (IKM)
tizimi joriy etilgan. Respublikada dekada odimlovchi ATSlarning o‘rniga
Toshkent, Andijon, Jizzax, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Guliston kabi ko‘pgina
viloyat va tuman markazlarida telefon stansiyalari koordinat tizimlari bilan
modernizatsiya qilingan.
1986 -1990 yillarda 3200 raqamli kvazi-elektron ATSlar Toshkent shahar
telefon tarmog‘i hamda Toshkent viloyati Kalinin va Namangan viloyatining
Toshbuloq tuman markazlarida bosqichma -bosqich modernizatsiya qilingan.
Respublikamizning telekommunikatsiya tarmog‘ida 1987 yili birinchi dasturiy
boshqaruvga asoslangan AXE-10 (ShATS) rusumdagi elektron telefon stansiyasini
ekspluatatsiya
qilish
bilan
raqamli
tizimlarga
o‘tila
boshlangan.
O‘tgan asrning oxirgi dekadasi, mustaqillikning dastlabki yillari davomida yana
qator xorijiy kompaniyalarning raqamli telefon stansiyalari joriy etilib borildi.
Xususan,
Yaponiyaning
NEAX-61E
tizimi,
Janubiy
Koreyaning
DTS
2000/3100/3200 seriya rusumdagi kommutatsiya qurilmalari bularga yaqqol misol
bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunga kelib respublikaning aloqa tizimlarida keng
ko‘lamli modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturi tatbiq etilib, ulardagi
raqamlashtirish ko‘rsatgichlari bosqichma- bosqich oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |