1-Мodul: Kinematik juftlar va zanjirlar,
mexanizm turlari.
1-Ma’ruza
Kirish.
Kinematik juftlar, ularning klassifikatsiyasi
Reja;
1.1.Mashina, mashinalarning klassifikasiyasi.
1.2.Mexanizm, mexanizmlarning klassifikasiyasi.
1.3.Kinematik juftlar klassifikasiyasi.
Mexnat unumdorligini oshirish yo‘lidagi asosiy omillardan biri
ishlab chiqarishni texnika
jixatidan yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishga yangi mashina va mexanizmlar joriy qilib,
uning texnika darajasini oshirib borishdan iboratdir.
Mashinalarni klassifikasiyasi.
Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanida asosan quyidagi ikkita muammo xal qilinadi.
1) Mexanizmlar analizi - bunda mavjud mexanizmlar kinematik va dinamik jixatdan
tekshiriladi.
2) Mexanizmlar sintezi - bunda bizga kerak bo‘lgan, ya’ni ma’lum
texnologik prosessni
bajarishda ishlatiladigan mexanizm zvenolarining xarakat qonuni berilgan bo‘ladi va shu xarakat
qonunini bajaruvchi mexanizm yaratish talab etiladi.
Mashina - inson mexnatini osonlashtirish va unumdorligini oshirish,
ishlab chiqarishning aqliy
xamda fiziologik vazifalarini bajarish yo‘lida ishlatiladigan va inson tomonidan yaratilgan sun’iy
moslamadir.
Mashinalarni asosan quyidagilarga bo‘lish mumkin.
Energetika mashinalari (bug‘ mashinalari, ichki yonish dvigatellari).
Ish mashinalari, ya’ni mashina qurollari. Bunday mashinalarda xom
ashyoning shakli, xolati
yoki xossasi o‘zgartiriladi.
1)Informasiya mashinalari. 2)Kibernetika mashinalari
Xar qanday turdagi energiyani mexanik energiyaga yoki mexanik energiyani boshqa turdagi xar
qanday energiyaga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashina - energetika mashinalari deyiladi.
Informasiyaga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar informasiya mashinalari deyiladi.
Informasion mashinalarni o‘zi ikki guruxga bo‘linadi
Mexanizm-bir jismni yoki jismlar sistemasini xarakatini boshqa jismlarni
talab qilingan
xarakatini xosil qilib beruvchi jismlar sistemasiga mexanizm deyiladi.
Mashina tarkibiga kiruvchi mexanizmlar turli tuman.
Dvigatel mexanizmlari.
Uzatuvchi mexanizmlar.
Ijro etuvchi mexanizmlar.
Boshqaruvchi, tekshiruvchi va tartibga soluvchi mexanizmlar.
Transportirovka qiluvchi, sortirovka qiluvchi, materiallarni berib turuvchi.
Avtomatik me’yorlash mexanizmlari, joylovchi va tortuvchi mexanizmlar.
Bir turdagi energiyani ikkinchi turdagi energiyaga aylantirib beruvchi qurilmaga mashina deb
ataladi
Ish prinsipi mexanika prinsiplariga asoslangan mashinalarni o‘rganuvchi
fanga mashinalar
mexanikasi fani deyiladi.
Mashinalar mexanikasi ikki fandan iborat.
Birinchisi «Mexanizmlar nazariyasi».
Ikkinchisi «Mashinalar nazariyasi».
Mexanizmlar nazariyasida ayrim mexanizmlar xususiyatlari, mexanizmlarni tuzilish
nazariyalari ularni kinematik va dinamik xarakteristikalari ularni geometrik va ta’sir
etuvchi
kuchlarni parametrlariga bog‘lik xolda o‘rganiladi.
Mashinalar nazariyasida mashina xosil qiluvchi o‘zaro bog‘langan mexanizmlar to‘plami,
avtomatik boshqarish masalalari, mashina va mashina agregatlarini regulirovka qilish masalalari
o‘rganiladi. Mexanizmlar va mashinalar kursi programmasiga
mexanizmlar nazariyasi va
mashina - avtomatlar nazariyasi kiradi
Mexanizm va mashinalar nazariyasi fani - mexanizmlarni tuzilishini,
ularni kinematikasi va
dinamikasi o‘rganuvchi fandir.
MMN asosan quyidagi ikki muammoni xal qiladi:
mexanizmlar analizi - bunda mavjud mexanizmlar kinematik va dinamik jixatdan tekshiriladi.
mexanizmlar sintezi - bunda bizga kerak bo‘lgan, ya’ni ma’lum texnologik prosessni bajarishda
ishlatiladigan mexanizm zvenolarining xarakat qonuni berilgan bo‘ladi va shu xarakat qonuni
amalga oshiruvchi mexanizm yaratish talab qilinadi.
Xar qanday mexanizm aloxida-aloxida detallardan iborat. Xar bir detal yoki
detallar gruppasi
bitta qo‘zgaluvchi sistemasi xosil qilsa bu sistemani qo‘zgaluvchi zveno (rasm 1.1) deyiladi.
Demak mexanizmda bitta qo‘zgalmas zveno xamda bir necha qo‘zgaluvchi zveno bo‘lar ekan.
Xarakatlanuvchi mexanik sistemalar
Приборлар
Механик мосламалар
Машиналар
Priborlar harakatni
o‘zarish va o‘zgartirish bilan
ifodalanadi. Ular fizik
jarayonlarni texnik
rigistrasiyasida, o‘lchashda,
matematik xisoblashni
bajarishda, egri chiziqlarni
chizishda va x.k. qo‘llanadi.
Soatlar, ellipsograflar,
pantograflar, mexanik
xisoblash moslamalari
priborlar sifatida misol
bo‘lish mumkin.
Mexanik moslamalar
kuchlarni o‘zgartirish va
o‘zatishda qo‘llaniladi.
Ularning asosiy
qo‘llanish maqsadi
kuchdan yutish va uni
o‘lchash.
Mexanik
moslamalarga
richaglar, poliopastlar,
dinamometrlar, tarozilar
va x.k. lar kiradi.
Mashinalar
energiyani (ishni)
o‘zatadi va
o‘zgartiradi.
Ular mehnat
jarayonlarini
mexanizasiyalash
va
avtomatlashtirish,
qo‘l mexnatini
mashina bilan
almashtirish
vositasi