3.
Hujjat turining nomi (bildirishnoma).
4.
Matn sarlavhasi.
5.
Bildirishnoma matni (mazmuni).
6.
Qancha varaqligi ko‟rsatilgan ilovalar ro‟yxati (agar ilova bor bo‟lsa).
7.
Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar
bir necha shaxs
tomonidan tayyorlangan bo‟lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8.
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari
tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‟yiladi). Ko‟rinib
turibdiki, zaruriy qismlari va yozilishi
shakli jihatdan
bildirishnomalar xizmat ma‟lumotlari (spravka)ga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki,
ma‟lumotnomalarda asosan talab qilingan, so‟ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot
beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga,
ularni keltirib
chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
ildirishnoma tayyorlangan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli
bo‟lmog‟i kerak. SHuning uchun ham bildirishnomalarda
chiqarilgan xulosalarni
tasdiqlovchi, bo‟lib o‟tgan voqea-hodisalarga, qonunchilik ko‟rsatmalariga,
tegishli
hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bildirishnomalarda bayon etilgan masalani
bevosita muassasa misolida o‟rganish yoki sinab ko‟rish
natijasida olingan boshqa
dalillarga havolalar qilinishi zaruriy hisoblanadi.
Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan iborat bo‟lmog‟i kerak. Birinchi qismda
uning yozilishiga sabab bo‟lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi lozim. Ikkinchi qismida
esa xulosalar va aniq harakatlar haqidagi takliflar aks etmog‟i zarur. Mutaxassislarning
fikricha, bunday harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati
bilan yuqori idora yoki
mansabdor shaxs tomonidan qilinishi (boshlanishi) kerak.
Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan ma‟lumotlar aniq bir vaqt oralig‟iga
taalluqli bo‟lsa, xuddi malumotnomadagidek, ushbu vaqt matndan
alohida zaruriy qism
sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan “1999 yil 31
iyuldagi holatga
ko‟ra” yoki “2000 yilning 1 yanvaridan 1 sentyabrgacha bo‟lgan davr uchun”. Bu
ma‟lumotlarni matn sarlavhasiga qo‟shib yuborish ham mumkin.
Bildirishnoma namunalarining (Maxmudov N. va b. O‟zbek tilida ish yuritish. -
T.: O‟zbekiston Sovet Entsiklopediyasi Bosh redaktsiyasi. 1990 (50-55 betlar) qaralsin)
deyarli barchasi ariza shakliga o‟xshash yozilgan. Bildirishnomaning yana bir shakli ham
borki, unda tarkibiy qismlarning joylashishi bir oz boshqacharoq. Bunday
bildirishnomalarda muassasa, tarkibiy bo‟linma nomi, hujjat nomi, uning yozilish sanasi
hamda matn sarlavhasi qog‟oz varag‟ining yuqori
chap burchagiga yoziladi,
bildirishnoma yo‟llanayotgan shaxs nomi o‟z o‟rnida, ya‟ni varaqning yuqori o‟ng
burchagiga yoziladi.
Agar bildirishnoma mantiqan va mazmunan to‟g‟ri, ishonarli dalil va isbotlar bilan
yozilsa, uning har ikkala shaklidan ham foydalanaverish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: