1-Modul: Boshlang‘ich ta’lim fanlari nazariyasi fanining umumiy masalalari qismi bo‘yicha



Download 17,98 Kb.
bet3/5
Sana01.02.2022
Hajmi17,98 Kb.
#424665
1   2   3   4   5
Bog'liq
1m

Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. XXI asrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon etilmoqda. Shuning uchun insonparvarlik, ma’naviy barkamollik, ezgulik, tashabbuskorlik, dunyoviy va diniy uyg‘unlik, milliy istiqlol g‘oyasi, bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi “Pedagogika” fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi.
Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib: “Ma’naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo‘l bilanmehnat qilishi kerak”,-degan edilar.
Pedagogika boshqa fanlar kabi jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi va ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim.
Mutafakkir A.Avloniy ta’kidlaganidek, “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat maalasidir”. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat mavjud bo‘lganligini kuzatamiz.
Insonning dunyoga kelishi faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarxiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani paydo bo‘la boshladi. Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqida bilib, o‘quv, amaliy ko‘nikma va malakalar, ma’lumot beradigan fanga aylandi.
Pedagogika atamasi ham qadimiy bo‘lib, Yobola yetaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi grekcha “paydagogos” so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimda Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni “pedagog” (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Insoniyat paydo bo‘lishi zahotiyoq ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashashi, hayot kechirishi uchun zarur ekanligini anglab boradi. Shuning uchun ham insoniyat jamiyatning ilk ko‘rinishlaridanoq tarbiya bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. Har bir kishi doimo ham aqliy, tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi.
Tarbiya shaxsni muayyan yo‘nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatdir.
Pedagogik tushunchalardan yana biri ta’lim, ya’ni o‘qitish, bilim berish tushunchasidir. Ta’lim deganda biz insoniyatni ilmiy bilimlar, hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, qobiliyatlarini o‘stirish, tafakkurlarini shakllantirish jarayonini tushunamiz. Ta’lim o‘z darajasi va vazifasiga qarab maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’lim yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorash, maktabdan tashqari ta’limdan iborat bo‘lib, ular uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qiladi.
Ta’lim bu pedagoglarning (bilim berish) faoliyatidan va o‘quvchi-talabalar bilan hamkorlikda (bilib olish. O‘qish) faoliyatlaridan iborat qo‘shaloq jarayondir.
O‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati orqali yoshlar ilmiy bilimlar bilan qurollanadi. Buning natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi.
Ta’lim olishning to‘g‘ri va ishonchli yo‘li davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bilim beradigan, aniq maqsadli rejalar. Dasturlar asosida o‘quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim-tarbiya jarayonidir.

Download 17,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish