Modemlarning turlari
Ko’pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari, telekammunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi:
· tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;
· faksimal axborotlarni qabul qilish va uzatish;
· chaqirayotgan abanentning nomerini aftamatik aniqlash (HAA);
· avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va b.
Shuning uchun zamonaviy modem modulyatsiya va demadulyatsiya qurilmalaridan tashqari (ba’zida esa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprotsessor, tezkor va doimiy hotira ta’minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguratsiyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko’pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
· konstruksiyasi bilan-avtonom va aparatura ichiga qurilgan;
· aloqa kanalli interfeys bilan-kantaktli va kantaksiz (audio);
vazifasi bilan-turli hil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat malumotlarni uzatish tizimi uchun –modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni uzatish uchun tizimi uchun-faksmodemlar (haqiqatdan ham, bugunda ko’plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo’lmagan “toza” modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
-uzatish tezligi bilan-telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standartiga mos keeluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o’z ichiga oladi (bit/s da ): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400, 16800, 19200, 28800, 33600.
Ichki modem qurilma ichki platasining raz’yomiga qo’yiladigan plata ko’rinishga ega, masalan, kompyuter tizimini platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ-11 tipidagi evroraz’yomga ham ega.
Tashqi modem-bu odatda katta bo’magan quticha ko’rinishidagi mustaqil kantruksiya bo’lib, u manba bloki, aparatura (kompyuterini ketma-ket porti-RS-232) va telefon kanaligi (RJ-11 raz’yomi) ulash uchun raz’yomlar va indikatorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejimlari to’g’risida ma’lumot beradi, masalan, indikatorlar quyidagilarni ko’rsatadi:
· MR (Modem Reayd)-modem tarmoqqa ulangan;
· OH (Off Hook)-modem “trubkani” ko’taradi;
· AA (Auto Answer)-modem telefon qo’ng’irog’iga javob bermoqda;
· CD (Carrier Detect)-modem liniyada boshqa mademni aniqladi;
· DC (Data Commpression)-ma’lumotlarni saqlash jarayoni bajarmoqda;
· EC (Error Control)-xatolikni nazorat qilish jarayoni bajarilmoqda va b.
Tashqi modemda uning ishlash tezligini bildiruvchi rangli indikatorlar bo’lishi mumkin, masalan, HS (High Speed) indikatori ishlash tezligi 1200 bit/s bo’lganda qizil rang, tezlik 2400 bit/s bo’lganda- yashil rang, tezlik 9600 bit/s bo’lganda to’q sariq rang bilan yoritiladi.
Hozir Robotics uch turdagi modemlarni ishlab chiqarilmoq:
· Sportster-minimum vazifalar bilan ta’minlangan, uncha qimmat bo’lmagan modemlar;
· Curier-professional yuqori tezlikli modemlar;
· Worldport-uyali aloqa liniyalarida ishlashga mo’ljallangan modemlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |