841-modda. Ozodlikni cheklash
Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 81-bobi (“Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish”).
(841-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
85-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridanazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan:
(85-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(85-modda ikkinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 24-sentabrdagi O‘RQ-182-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 391-modda)
b) og‘ir jinoyat uchun — olti yilgacha;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun — o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan:
Oldingi tahrirga qarang.
(85-modda uchinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 24-sentabrdagi O‘RQ-182-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 39-son, 391-modda)
b) og‘ir jinoyat uchun — yetti yilgacha;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun — o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.
(85-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hukm chiqarish paytida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining IV bo‘limi (“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 12 va 26 — 30-bandlari.
(85-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(85-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(85-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |