1-modda. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonunchiligi


-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash



Download 2,18 Mb.
bet46/248
Sana10.04.2022
Hajmi2,18 Mb.
#540772
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   248
Bog'liq
22.09.1994

80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash
Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va qo‘shimcha jazolar o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrog‘i bilan almashtirilgan jazoning amalda o‘tab bo‘lingan qismidan hisoblanadi.
Agar ushbu Kodeksning 44, 46-moddalari asosida hukm bo‘yicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda o‘tab bo‘lingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qo‘shimcha) jazoni amalda o‘tab bo‘lganidan boshlab hisoblanadi.
(80-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 7 — 10-bandalri.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.04.00 Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi]
OLTINChI BO‘LIM
VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

XV bob. Jazo va uni tayinlash
81-modda. Jazo tizimi
O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:
a) jarima;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 82-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
a1) majburiy jamoat ishlari;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 821-moddasi.
(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan “a1” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
b) axloq tuzatish ishlari;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 83-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(81-moddaning “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v1) ozodlikni cheklash;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 841-moddasi.
(81-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan “v1” band bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
g) ozodlikdan mahrum qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 85-moddasi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish