88-modda. Majburlov choralari Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qo‘llaniladi:
a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash;
Oldingi tahrirga qarang. b) o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan oshib ketmagan bo‘lsa qo‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;
(88-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) v) voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining uchinchi qismi va 34-bobi (“Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash”). Oldingi tahrirga qarang. Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida bo‘lish muddati va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(88-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobi (“Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tartibi”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 268-sonli “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori. 89-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish Oldingi tahrirga qarang. O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga, ozodlikni cheklashga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qo‘llanilishi mumkin.
(89-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining uchinchi qismi. Oldingi tahrirga qarang. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining uchinchi qismi va 164-moddasi. (89-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.